Al Nassr Ronaldu bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi

Khoja
13 iyul 2024, 08:00
Saudiyaliklar sardorini saqlab qolmoqchi.

Kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan Krishtianu Ronaldu Al Nassr bilan tuzgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Muzokaralar allaqachon boshlangan. Ronalduning o'zi Saudiyada qolishga qarshi emas, saudiyaliklar uchun ham chempionat rivoji uchun portugaliyalik yulduzning jamoada qolgani maqul.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'tgan mavsum Al Nassr tarkibida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Uning hisobida 44 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com