

Xorvatiyalik tajribali futbolchi joriy mavsum oxirida Madrid klubi bilan hamkorlikni nihoyasiga etkazish arafasida turibdi. "Al Nassr" yozda erkin agentga aylanadigan Modrichni o'ziga jalb qilish ustida ko'p ishlamoqda. Mamlakat futbol federatsiyasi ham ushbu kelishuvni osonlashtirishga harakat qilyapti.
Luka Modrich "qirollik klubi"ning hurmatga sazovor a'zolaridan biri hisoblansa-da, hozircha ispan klubi tomonidan bitim muddatini uzaytirish borasida biror harakat amalga oshirilgani haqida ma'lumot berilmadi.



