"Al Hilol" "Real"ga 300 million evro taklif qilgan. Qizig'i, Vinisius uchun emas

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025, 16:15
"Al Hilol" braziliyalik vinger Rodrigoni rekord summa evaziga sotib olishga tayyor.

Jurnalist Edu Agirre "El Chiringuito de Jugones" dasturida Saudiya Arabistoni klubi "Real"ga Rodrigo transferi uchun 300 mln evro, futbolchining o'ziga esa – 140 million evro maosh taklif qilgani haqida ma'lum qildi.

Takidlanishicha, vinger taklifni o'ylab ham o'tirmay, rad etgan.

"Saudiya Arabistoni klubi vakillarida aynan shunday reja bo'lgan va u hali ham qolmoqda – Rodrigoni sotib olish. Ko'ramiz, yozda voqealar qanday rivojlanarkin", – deb qo'shimcha qildi Agirre.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rodrigoga "Manchester Siti" ham qiziqayotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Эду Агирре