"Al Hilol" Rafael Leauni nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025
"Al Hilol" "Milan"ning portugaliyalik vingeri Rafael Leauni safiga qo'shib olmoqchi.

U "Bavariya"ning ham yozgi transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni klubi allaqachon "rossoneri" bilan bog'langan va italiyaliklarning 130 mln evrolik talabidan xabardor.

"Milan" Leau bilan xayrlashishni rejalashtirmayotgan bo'lsa-da, klub foydali taklifni ko'rib chiqishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fr.sports.yahoo.com