"Al Hilol" peshqadam bo'lishiga qaramay, autsayder bilan bahsda ochko yo'qotdi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2026, 05:08
Saudiya Pro-Ligasining 18-turi doirasida amaldagi chempion "Al Hilol" jamoasi "Er-Riyad" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobidagi durang bilan kifoyalandi.

"Princ Feysal bin Fadx" stadionida kechgan bahsda favoritlar 26-daqiqadayoq braziliyalik hujumchi Markos Leonardoning goli evaziga hisobni ochishgan edi. Biroq ikkinchi bo'limda mezbonlar faollikni oshirishdi va 58-daqiqada Ibrahim Bayesh muvozanatni tikladi. O'yin yakunida, 90+2-daqiqada "Er-Riyad" himoyachisi Marzuq Al-Tambakti maydondan chetlatildi, ammo qolgan qisqa vaqt ichida "Al Hilol" g'alaba to'pini kirita olmadi.



Ushbu durangga qaramay, "Al Hilol" 45 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda (jamoa hisobida bitta zaxira o'yini ham bor). "Er-Riyad" esa 11 ochko bilan 16-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia