"Al Hilol" o'z uyida birinchi bor o'zbek klubini mag'lub eta olmadi

Narzulla Saydullayev
18 may 2016, 08:57
Kecha Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi.

Bunga qadar "Al Hilol" Osiyo chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida o'zbek klublariga qarshi 7ta o'yin o'tkazib ularning barchasida g'olib chiqqan edi.

Kecha "Lokomotiv" safarda 0:0 hisobida durang o'ynab O'zbekiston klublari uchun qora ananaga barham berdi. 24 may kuni ushbu jamoalar Toshkentda kuch sinashishadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoa OCHL chorak finaliga yo'llanma oladi. 

"Al Hilol"ning o'z maydonida O'zbekiston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlari:

"Al Hilol" - "Mashal" 5:0
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0
"Al Hilol" – "Bunyodkor" 3:0
"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0
"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0
"Al Hilol" – "Lokomotiv" 3:1
"Al Hilol" – "Paxtakor" 4:1
"Al Hilol" - "Lokomotiv" 0:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia