“Al Hilol” “Everton” futbolchisining transferiga 6 mln funt taklif qildi

Eldor Akmurzayev
20 okt 2020, 19:35
“Everton” xavbeki Bernard Saudiya Arabistoni klubidan taklif oldi.

“Al Hilol” braziliyalik futbolchini 6 mln funt evaziga sotib olmoqchi, deya xabar beradi Goal.

Bernard 2018 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya etib kelmoqda. U “Everton” safida 68 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urgan. 28 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda birorta ham bahsda qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal