"Al Hilol" A Seriyadagi futbolchi uchun 35 mln evro taklif qildi, ammo...

Alisher Ostonov
28 avg 2025, 00:18
Petro Komucco "Fiorentina"dan "Al Hilol"ga o'tishi dargumon.

Murabbiy Simone Inzagi boshchiligidagi Saudiya klubi 20 yoshli himoyachi uchun "binafshalar"ga 35 million evro taklif qildi.

Komucconing javobi bugun kutilmoqda. Italyan katta ehtimol bilan "Al Hilol"ga rad javobini beradi.

Petro o'tgan mavsum A Seriyaning 33 o'yinida bitta gol urdi va beshta sariq kartochka oldi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com