“Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi

22 fev 2016, 23:12
OCHL 1-turidan o'rin olgan “Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigidasi boshqarib boradi.


Bosh hakam Sato Ryuiga qanotlarda hamyurtlari Sagara Toru va Nagi Toshiyuki ko'maklashishadi. To'rtinchi hakam Xurram Shaxzod Pokistondan tashrif buyuradi.

OCHL, 1-tur. 24.02.2016.

 “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf”  (O'zbekiston)

Jidda. “Qirol Abdulla sport siti” stadioni. 

Bosh hakam: Sato Ryui

Qanot hakamlari: Segara Toru, Nagi Toshiyuki (barchasi Yaponiyadan).

To'rtinchi hakam: Hurram Shaxzod (Pokiston). 

Xakamlar nazoratchisi: Subhiddin bin Mohd Solih (Malayziya).

Uchrashuv komissari: Goko Suminori (Yaponiya).

Eslatib o'tamiz, “Al Ahli” –“Nasaf” uchrashuvi 24 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:10 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcnasaf.uz