Akmal Rustamov: "Neftchi"ning uchinchi golida futbolchi to'pni qo'li bilan o'ynagandi, lekin u inobatga olindi"

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025, 23:37
Superliga 29-turi doirasida o'tkazilgan "Neftchi" – "Qizilqum" (4:1) bahsidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Ammo bellashuvning boshida o'tkazib yuborilgan ikkita tezkor goldan keyin jamoam o'ziga kelishi ozshina qiyin bo'ldi. 

Ikkinchi bo'limdagi kerakli taktik o'zgarishlar ish berdi va hisobni qisqartirishga erishdik.

"Neftchi"ning uchinchi golida futbolchi to'pni qo'li bilan o'ynagandi, lekin u inobatga olindi. O'sha vaziyatda hakam golni hisobga olmaganida edi, bahsdagi natija boshqacha ko'rinishga kelardi. Ehtimol, biz muvozanatni tiklagan bo'lishimiz ham mumkin edi.

Futbolchilarimga maydonda borini berib harakat qilgani uchun rahmat aytaman va "Neftchi" jamoasini chempionlik bilan tabriklayman! So'nggi turda o'z uyimizda o'ynaymiz va bizga "Sho'rtan" jamoasi raqiblik qiladi. Mazkur bahsda chiroyli g'alaba bilan mavsumni yakunlamoqchimiz. Ha, yana bir narsa, bugun Navoiydan uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorligimni bildiraman", – dedi Rustamov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia