Akinfeev 2006 yildan buyon davom etayotgan ananani "buzib qo'ydi"

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyul 2017, 11:55
SSKA Chempionlar Ligasi saralashida gretsiyaning AEK (2:0) jamoasini mag'lub etdi.

Moskvaliklar posboni Igor Akinfeev o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Chempionlar Ligasida bu kabi holat so'nggi bor 2006 yilning 21 noyabrida qayd etilgandi va o'shandan buyon Igor muntazam gol qo'yib yuborib kelayotgan edi. Rossiya terma jamoasi darvozaboni bungacha CHLning qatorasiga 43 uchrashuvida gol o'tkazib yubordi (saralashning 4 o'yini bilan birga). 

Ta'kidlab o'tamiz, musobaqaning final qismini inobatga oladigan bo'lsak, Akinfeevning seriyasi to'xtaganicha yo'q. Bu boradagi ko'rsatkich hozircha 39 o'yinni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com