Aka-uka qarama-qarshiligi bo'lmaydi. Job Bellingem "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 11:16
"Borussiya" yarim himoyachisi Job Bellingem "Real"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

Kichik Bellingem "Monterrey"ga qarshi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final uchrashuvi 28-daqiqasida sariq kartochka oldi. Endi u ogohlantirishlari ko'payib ketgani bois akasi Jud Bellingem to'p tepadigan "Real"ga qarshi o'ynamaydi.

"Borussiya D" bosh murabbiyi Niko Kovach aka-uka yana maydonda uchrashishlariga umid bildirdi.

"U hali yosh. Uning akasi ham yosh, shuning uchun ular bir-birlari bilan uchrashishlariga ishonaman, balki keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida, keyin esa kelajakda. Kelajak ularniki", – dedi Kovach.

"Borussiya D" – "Real" uchrashuvi 5 iyul kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com