

Ahmedov Gruziyaning amaldagi chempioni Gori shahrining “Dila” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Bu klub o'tgan yili Gruziya chempioni bo'lgan, joriy mavsumda esa peshqadamdan 5 ochkoga ortda qolgan holda turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. “Dila” klubi 1949 yilda tashkil etilgan bo'lib, poytaxt Tbilisdan 50 km uzoqlikda joylashgan Gori shahri sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Alisher Ahmedov faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Uz Dong Ju”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Registon”, “Gefest” (Qarag'anda, Qzog'iston) jamoalari sharafini himoya qilgan.



