

"Navbahor" jamoasi bilan shunchaki sport formamni ushlab turish maqsadida 10 kunga shug'ullanib yurgandim. Mening "Navbahor" jamoasiga o'tish niyatim bo'lmagan. Kamiga ular men aytgan sharoitlarni qilib bera olishmasa, qanday qilib "Navbahor"ga o'taman?", - deydi Alisher Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" bosh murabbiyi Rashid G'ofurov klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Alisher Ahmedovni yomon darvozabon emasligini va uning jamoasida Alisher Ahmedovdan ham kuchliroq kiperlar borligini aytgandi.



