Agueroning zarbasini qaytargan "Tottenhem" posboni joriy mavsum birorta ham penaltidan gol o'tkazmadi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2019, 01:09
YCHLning chorak final uchrashuvi doirasida Tottenhem va Manchester Siti o'rtasidagi to'qnashuvning 12-daqiqasida mezbon himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynashi oqibatida hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qiladi.

Penalti tepishga yaqinlashgan shaharliklar hujumchisi Serxio Agueroning zarbasini fransiyalik posbon Ugo Loris qaytaradi. Aytish joizki, Loris joriy mavsumda darvozasi tomon belgilangan uchinchi penaltini qaytardi.  Avvalroq, u Lester va Arsenalga qarshi o'yinlarda ham 11 metrlik nuqtadan gol o'tkazib yubormagandi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta