Agueroning kardiologi argentinalik futbolchi nega faoliyatini tugatganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2021, 21:35
Serxio Agueroning kardiologi Roberto Peidro Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisining yuragi bilan bog'liq muammolari tufayli 33 yoshida faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.

"2004 yilda biz uni aritmiyadan davolagan edik. U fenomen, shuning uchun undan keyin yana 17 yil futbol o'ynadi. Endi bu muammoga hech qanday aloqasi yo'q boshqa narsa aniqlandi. Bu kasallikni koronavirus yoki virusga mutlaqo aloqasi yo'q.

Ehtimol, ilgari unda miokardit bo'lgan, keyin uning asorati qolgani tufayli aritmiya vujudga keldi. Qisqasi, Agueroning aritmiya sabablari noma'lum. Unda aritmiyaga olib keladigan kichik belgi aniqlandi, xolos. Keyinchalik mana o'yin davomida taxikardiya o'zini namoyon qildi.

Balki u 23 yoshda bo'lganida, uch oy kutib, yana tekshiruvdan o'tish mumkin edi. Ammo endi bundan mano yo'q, faoliyatni to'xtatish – mukammal qaror. U maslahatga amal qildi.

Do'stlari bilan futbol o'ynasa, muammo bo'lmaydi. U sinovlardan juda yuqori bosimlarsiz va aritmiyasiz o'tdi”, – dedi shifokor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportia