Aguero "Manchester Siti"ning "Liverpul"dan o'tib ketish imkoniyatlariga baho berdi

Alisher
30 dek 2020, 12:47
"Liverpul" APLdagi 20 turdan so'ng amaldagi chempiondan 14 ochko ilgarilab ketgan (bitta zaxira o'yini ham bor).

Agueroning fikriga ko'ra, yetakchidan o'tib ketish deyarli imkonsiz. Shuningdek, ushbu mavsumda boshqa muhim vazifalar ham bor.

"Endi "Liverpul"dan o'tib ketish juda ham qiyin. Keyingi mavsum YCHLda ishtirok etishimiz uchun g'alabalarga erishishimiz kerak.

O'yin haqida o'ylash kerak, keyin nima bo'lishini bilib olamiz", - deydi Aguero.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi joriy mavsum APLning 15ta o'yinida, 10ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Reuters