

Bu gol argentinalik forvardning Angliya chempionati joriy mavsumidagi 10-gol bo'ldi. Shunday qilib, Aguero ketma-ket sakkizinchi mavsum Angliya chempionatida 10ta va undan ko'p gol urishga erishdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Terri Anriga yetib oldi. Ushbu natija bo'yicha argentinalikdan yaxshiroq natija qayd etganlar Frenk Lempard (10ta mavsum) va Ueyn Runi (11ta mavsum).



