AGMK zo'r transferga qo'l urdi

13 iyul 2019, 14:13
Olmaliqning AGMK jamoasi tarkibini kuchaytirish ishlarini jadal tarzda davom ettirmoqda.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK davralar oralig'ida o'z tarkibini kuchli ijrochilar bilan boyitishda davom etmoqda. 

Transfer oynasidan unumli foydalanayotgan AGMK hozirga qadar "Qizilqum" tayanch yarim himoyachisi va sardori Erkin Boydullaevni qo'lga kiritdi. Shuningdek, jamoa sobiq legioneri Vladislav Kasmininni ortga qaytargandi. 

Foto: AGMKning kechagi mashg'uloti 

Fakt: AGMK mashg'ulotidagi yangi futbolchilar 

Kecha esa jamoaga avval xabar berganimizdek "Qizilqum"ning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili kelib qo'shildi.

Ayni paytda kichik jarohati borligi tufayli Grigalashvili jamoa bilan umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Yakka tartibda shug'ullangayotgan futbolchi tez orada klub bilan rasman shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Elguja Grigalashvili katta ehtimol bilan AGMKda bo'sh turgan 7-raqamni olishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia