Elguja Grigalashvili: "Birinchi o'rinni ikkinchi davrada ham saqlab qolishimizga ishonaman"

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2022, 22:40
"Navbahor" ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

 Tanaffusga peshqadam sifatida yo'l olgan "lochinlar" ko'tarinki ruhda hozirlik ko'ryapti. Bu borada jamoaning gruziyalik futbolchisi Elguja Grigalashvilining fikrlarini tingladik. 

"Barchasi rejadagidek ketyapti. Mashg'ulotlarda futbolchilar bor kuchi bilan ishlamoqda. Kayfiyat yaxshi. Dastlabki davrani birinchi o'rinda yakunladik. O'ylaymanki, ikkinchi davrada ham buni saqlab qolamiz. Shaxsan men bunga ishonaman",- deydi Grigalashvili. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia