Elguja Grigalashvili "Dinamo"dan ketdi

Mirjalol Normatov
28 may 2023
Pro-liganing birinchi davrasi yakuniga bir tur qoldi.

Kecha "Dinamo" jamoasi Pro-liganing 10-turida safarda "G'ijduvon" bilan durang o'ynadi, 2:2. Ushbu uchrashuvda samarqandliklar futbolchisi Elguja Grigalashvili qaydnomaga ham kiritilmadi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, gruziyalik futbolchi jamoani tark etgan. U o'tgan mavsumning o'rtasida "Dinamo" bilan 1 yarim yillik shartnoma imzolagandi.

Elguja Grigalashvili ushbu mavsumda Pro-liganing 7 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia