AGMK yangi futbolchilarni tanishtirdi. Klub prezidenti jamoa a'zolari bilan uchrashdi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2022, 07:40
AGMK futbol klubi prezidenti tayyorgarlik jarayonlari va bo'lajak uchrashuv oldidan jamoa kayfiyati bilan qiziqdi.

Abdulla Xolmuradovich Xursanov jamoaga mavsumning hal qiluvchi ikkinchi davra o'yinlarida omadli ishtirok etishni tilab, AGMK Olmaliq xalqini chempionlik bilan xursand etishga qodirligini ta'kidladi.

Shundan so'ng OKMK boshqaruv raisi va klub prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanov hamda bosh direktor Bahodir Mirzaev AGMKga yozgi transfer bozorida kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Shahzod Suyunov (25), Eldorbek Begimov (13), Artyom Filiposyan (16), Giorgi Papava (15), Muhammadanas Hasanov (19), Dan Spataru (9) va Mirjahon Mirahmadovga (99) jamoa liboslarini topshirishdi.

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: АГМК клуби матбуот хизмати