

Shunday qilib Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa chempionat doirasida ketma-ket to'rtinchi bahsda yutqazdi.
2008 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan klubning eng uzoq davom etgan mag'lubiyatli seriyasi 2016 yilda qayd etilgan. O'shanda Olmaliq shahri jamoasi ketma-ket 5ta uchrashuvda raqiblarga yutqazgan.
Superliganing 24-turida AGMK o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Mazkur bahsda mezbonlar yana yutqazib qo'yishsa klub tarixidagi antirekord takrorlanadi.
Ma'lumot uchun, shu yil AGMK ketma-ket 13ta bahsda yutqazmay, o'z tarixidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriyani qayd etgandi.



