AGMK: Jamoani 5 futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2018, 22:44
"Lokomotiv"ga qarshi 15-tur uchrashuvidan so'ng qisqa tatilga chiqqan AGMK mashg'ulotlarga qaytdi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida jamoa poytaxtdagi "O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilgan holda o'z mashg'ulotlarini TTYMM stadionida olib bormoqda.

Ortda qolgan uchrashuvlar yakuniga ko'ra AGMK 13 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. Bu ko'rsatkich tabiiyki jamoa muxlislari va rahbariyatini qoniqtirmasligi aniq. Shu sababli, Baxtiyor A'zamovich jamoa tarkibini shakllantirish yo'lida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirmoqda.

Jamoa rahbariyati, o'zaro kelishuvga asosida bir qator futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qilishga qaror qildi. Bunga ko'ra jamoani hujumchi Vadim Chemirtan, yarim himoyachilar Dilshod Jo'raev, Otabek Zokirov, Sanjar Rixsiboev va himoyachi Mirjalol Miryusupov tark etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz