Agbonlaxor: "Salah Ronaldudan ko'ra bir funt ko'proq pul ishlashga loyiq"

Alisher
21 okt 2021, 11:23
"Aston Villa" sobiq o'yinchisi Gabriel Agbonlaxor "Liverpul" forvardi Muhammad Salah APLda eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi bo'lishga loyiq deb hisoblaydi.

"Salah Krishtianudan ko'ra ko'proq pul ishlashga loyiq. U ligada eng ko'p maosh oluvchi o'yinchidan ko'ra bir funt ko'proq so'rashi kerak", - deydi Agbonlaxor.

Salahning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Forvard joriy mavsum 11ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talkSPORT