Agbonlaxor "Chelsi"ning 100 mlnlik futbolchisini jiddiy tanqid qildi

Mirjalol Normatov
3 sen 2023, 13:50
"Aston Villa" va Angliya termasining sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor "Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrikni tanqid qildi.

Kecha londonliklar o'z maydonida APLning 4-turida "Nottingem Forest"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Ular o'rtacha darajadagi ko'plab futbolchilarni sotib olishdi. Mudrik maydonga tushib, ikkita gol olib kelishiga bir bahya qoldi. U mutlaqo darajada foydasiz bo'ldi. Mixail 19 o'yinda 0 gol urdi. Jamoada o'yin uslubi yo'q. Pochettino mag'lubiyatlarni davom ettiradimi yoki to'xtatadimi, buni o'ylashi kerak. Ko'ramiz, u "Chelsi" muxlislariga nima sovg'alar tayyorlagan ekan", - dedi Agbonaxor.

Eslatib o'tamiz, Mudrik o'yinni zaxirada boshladi va 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. U 2023 yil qishida "Chelsi"ga 100 mln evro evaziga ko'chib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal