Agar Teves "Yuventus"ni tark etsa, turinliklar Iguainni xarid qiladi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2015, 12:12
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Turinliklar 27 yoshli futbolchini Karlos Tevesga o'rinbosar sifatida ko'ryapti. Teves mavsumlar oralig'ida klubini o'zgartirishi mumkin.

Oldinroq Iguainga "Atletiko", "Chelsi" va "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgan edi. "Napoli" argentinalik uchun 50 mln. evro talab qilyapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru