

"U shunchaki himoyachi emas - u jangchi, "Milan" uchun ajoyib xarid. Sizga bir voqeani aytib bermoqchiman. Yevropa chempionati vaqtida u mendan kelajagi bo'yicha maslahat so'radi. Unda Premer-liga klublari va "Milan" kabi variantlar bor edi. Unga "agar senda "Milan"ga o'tish imkoniyati bo'lsa, o'ylab o'tirmay, Italiyaga yo'l ol!, - dedim. "Milan" katta klub, Italiya ligasi esa - bu himoyachilar uchun universitet.
U ajoyib himoyachi, qo'shimchasiga chap oyoqda juda yaxshi o'ynaydi. Hozirgi davrda himoyachilar ichida u kabi yosh, ammo tajribali o'yinchilar ko'p emas!".



