Agar Obameyyang "Arsenal"ga o'tsa, Ozil klub bilan shartnomani o'zaytiradi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 12:11
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil London klubi bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis futbolchisi bitimni bir shart bilan uzaytiradi: Dortmundning "Borussiya" forvardi Per-Emerik Obameyyang "to'pchilar" futbolchisiga aylanishi kerak.

Shunday qilib, "Arsenal" yuqori maqsadlarga intilishini isbotladi va nemis futbolchisi Londonda qolishga qaror qildi.

Oldinroq, Ozil "Manchester Yunayted"ga o'tishga qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild