
Ammo bu faqat bir shart bilan amalga oshiriladi. Agar Argentina terma jamoasi Rossiyada o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, sotilgan televizorlar puli qaytariladi. Akciya payti sotuvga qo'yilgan 300ta televizorning barchasi sotilib ketdi. Endi kompaniya pulni qaytarishga tayyorlanmoqda.
Argentina terma jamoasi Buenos-Ayresda Peru bilan durang (0:0) qayd etdi. Shunday qilib, Argentina o'z guruhida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Ushbu guruhda faqat 4ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 5-o'rin esa pley-off bahslarida qatnashadi.
"Peru bilan durangdan so'ng, 7 ming kishi televizor xarid qilish uchun saytga kirdi" - deydi kompaniya prezidenti Luis Gali.