Afsus... Agueroning faoliyatiga yakun yasaldi. Rasmiy xabar keyingi hafta e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2021, 22:49
Futbolchining yuragi bilan bog'liq muammolar jiddiy bo'lib chiqdi.

"Barselona" klubi hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini yakunlaydi. Bu haqida Jerar Romero xabar qildi.

Bunga sabab, futbolchining yuragi bilan sodir bo'lgan muammo sanaladi. Aguero "Alaves"ga qarshi o'yinda yuragida muammo yuzaga kelgani sababli maydonni erta tark etgandi. Yakuniy tekshiruvlar natijasida, futbolchi o'z faoliyatini yakunlashiga to'g'ri kelishi ma'lum bo'ldi. Keyingi hafta bu ma'lumot rasman e'lon qilinib, futbolchi bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshdi futbolchi "Barsa" tarkibida 4 tagina o'yin o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/gerardromero