Afrika Millatlar Kubogi-2019. "D" kvartetidan keyingi bosqichga yo'l olgan terma jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 iyul 2019, 23:25
Afrika Millatlar Kubogi-2019 "D" guruhidan o'rin olgan so'nggi tur bahslari bo'lib o'tdi.

Kot-dʼIvuar termasi Namibiyaga hech qanday imkon qoldirmagan (4:1) bo'lsa, Marokash esa JARni minimal hisobda (1:0) taslim qildi.   Shu tariqa, mazkur kvartetdan Marokash yuz foizlik natija qayd etib, birinchi o'rin bilan Kot-dʼIvuar ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. JAR esa 3 tur tugashini kutadi. Namibiya rasman musobaqa bilan xayrlashdi.



Namibiya – Kot-dʼIvuar 1:4 (0:1, 1:3)

30 June Air Defence Stadium

Gollar: 0:1 – 39 Gradel, 0:2 – 58 Die, 1:2 – 71 Kamatuka, 1:3 – 84 Zaa, 1:4 – 89 Korne.

Namibiya – Kazapua, Nyambe, Xanamub, Xoaseb, Shalulile (Shilongo, 83), Xotto, Shitembi, Papama (Stefanus, 61), Ketdjidjere, Kamatuka (Gurirab, 73), Xorab.

Kot-dʼIvuar – Gbouo, Bagayoko, Traore, Kulibali, Kanon, Kessie, Die, Gradel (Korne, 68), Gbamen (Sangare, 80), Zaa, Boni (Kojia, 85).

Ogohlantirishlar: Xotto (78).


JAR – Marokash 0:1 (0:0, 0:1)

Cairo Military Production Stadium

Gol: 0:1 – 90 Bussufa.

JAR – Uilyams, Mkxvanazi, Xlacvayo, Xlanti, Zungu (Kekana, 81), Mkxize, Serero, Mokojo, Zvane (Vilakazi, 75), Motiba (Veldveyk, 73), Tau.

Marokash – Muxamadi, Mazraui (Dirar, 75), Hakimi, da Koshta, Saiss, Belhanda, Bussufa, Ziesh (Fajr, 89), El-Ahmadi (Ait-Bennasser, 54), Amrabat, En-Nosiri.

Ogohlantirishlar: Zvane (18), Zungu (31).


P.S. Kecha "A" hamda "B" guruhlarida ham nimchorak finalchilar ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia