Adolat qaror topdi – “Adolat” chempion”

Narzulla Saydullayev
16 avg 2018
Qarshidagi “Geolog” sport majmuasining Respublikada talabga javob bera oladigan yagona plyaj maydonida futbolning shu turi bo'yicha viloyat birinchiligi start olganligi va unda 14 ta jamoa ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Viloyat futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov g'oyasi va tashabbusi bilan tashkil etilgan turnir zo'r qiziqish va ishtiyoq bilan yakun topdi.

 O'z guruhida va chorak final o'yinlarida muvaffaqiyat qozongan to'rt jamoa yarim finalga qadar yetib keldi va bu bosqichda quyidagi jamoalar o'zaro kuch sinashishdi:
 

Yarim final.
“Kasbi” (Kasbi tuman) – “Koson” (Koson tumagi) – 5:6
“Adolat” (viloyat milliy xafvsizlik xizmati xodimlari) – “Mashal” (Superliganing “Mashal” klubi murabbiylari) – 4:3.
 
Uchinchi o'rin uchun o'yin:
“Kasbi” – “Mashal” – 2:10.
Final: “Adolat” – “Koson” – 4:2.

Shu tariqa plyaj futboli bo'yicha ilk bor o'tkazilgan turnirda Adolat posbonlari zafar quchishdi va bosh sovrin – Kubok bilan birga diplom va sovg'alarni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin kosonliklarga, uchinchi o'rin esa muborakliklarga nasib etdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz