Abramovich Gvardiolani dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirishga tayyor

Aslanov Jasurbek
22 dek 2015, 14:47
"Chelsi" egasi Roman Abramovich jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiolani taklif qilmoqchi.

Oldinroq ispaniyalik "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirmasligini va 2016 yilning yozida klubni tark etishini ma'lum qilgan edi. Mutaxassis uchun kurashda "Manchester Siti" yetakchi, ammo rossiyalik tadbirkor Gvardiolani jahonning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirishga tayyor.

Oldinroq "Chelsi" vakillari ispaniyalik bilan muzokara o'tkazgani va mutaxassis jamoaga 10 nafar futbolchi xarid qilishi kerakligi borasida ma'lumot paydo bo'lgan edi. "Barselona" sobiq bosh murabbiyini qo'lga kiritish uchun Abramovich bu shartlarga ham tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail