Abduxoliqov shartnoma imzolash uchun uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014, 11:30
Bugun Toshkent - Istanbul - Anqara yo'nalishi bilan Temurxo'ja Abduxoliqov Turkiyaning Anqara shahriga uchib ketdi.
U yerda futbolchimiz Xorvatiyaga kirish huquqini beruvchi vizani olib, Split shahriga uchadi va yangi jamoasi "Xayduk" bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchining agenti 3 fevral kuni "Xayduk" rasmiylari bilan uchrashgan. 4 fevral kuni esa barcha hujjatli masalalarga yakuniy nuqta qo'yildi. FIFA qoidalariga ko'ra 23 yoshga to'lmagan futbolchi erkin agent maqomida bo'lsada, uning yangi klubi ma'lum bir miqdorda "Paxtakor"ga pul tushirib beradi.

Quvonarlisi shundaki, JCH-98 bronza medali sohibi bo'lgan Igor Tudorning shahsan o'zi futbolchimizni jamoada olib qolish niyatida ekanligini aytib o'tgan edi.

"Qisqa fursat davomida bo'lsada meni o'zlariga yaqin olgan o'zbekistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Ishonchingizni Yevropa maydonlarida ham oqlashga harakat qilaman", - deydi Temurxo'ja uchib ketish oldidan.

Biz ham saytimiz va uning o'quvchilari nomidan Temurxo'ja Abduxoliqovga yorqin kelajak tilaymiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia