

- Bugun shiddatli o'yin bo'lishini taxmin qilgandik, shunday ham bo'ldi. Birinchi bo'limni yomon o'tkazganimiz yo'q. Bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo foydalana olmaganimiz tufayli raqib bizni jazoladi. Futbolda yozilmagan qoida bor: ser urmasang, senga urishadi. Hakamlar haqida gapirishni istamayman. Chunki ularni nazorat qiladigan insonlar bor. Qiyinchilik bilan erishilgan durangni ushlab qolmaganimizning asosiy sababi, futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Balki yoshlik qilgandir? "Oq-tepa" har uchchala golini ham standart vaziyatlardan keyin urdi, - deydi Ismoilov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



