

Mavsum yakuni borasida
- Oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Maqsadimiz yo'lida intildik. Lekin buni bajara olmadik. OCHLga yo'llanma oldik, lekin saralash orqali o'z ishtirokimizni boshlaymiz.
Egallagan o'rni haqida
- O'ylashimcha, biz mavsumni 4-o'rinda tugatishimizga sabab tarkibimiz yangilandi. O'z o'yinimizni topib olish uchun vaqt kerak bo'ldi. Mavsum o'rtasiga kelib bir-birimizni tushuna boshladik.
OCHL saralashi xususida
- Biz ham boshqalar singari saralash bahslarini muvaffaqiyatli tugatishga intilamiz. O'ylaymanki, AGMKda imkoniyat bor va undan foydalanishga harakat qiladi. Asosiy maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish.
Keyingi mavsum haqida
- Nazarimda keyingi yilgi mavsum yanada qiziqarli o'tadi. Chunki 90 foiz jamoalar hozirgi tarkibni saqlab qolishga urinadi. Bu esa klublarni yanada kuchli bo'lishini va chempionat bahslari qiziqarli o'tishini taminladi.



