Abdulla Abdullaev: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"

Mirjalol Normatov
15 noya 2025
Misrga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi futbolchisi Abdulla Abdullaev fikrlarini bildirdi.

- Oson o'yin bo'lmadi. Murabbiyning taktika va ko'rsatmalariga binoan o'ynadik. Barchasini bo'lmasa-da, qo'limizdan kelganicha bularni bajarishga harakat qildik va haqli ravishda g'alaba qozondik. 

- Bugun birinchi va ikkinchi qavatda raqibga imkoniyat bermadinglar. O'zingiz ham shunday kuchli hujumchiga qarshi chiroyli o'yinni kutganmidingiz?

- Misr termasini o'rganib chiqdik va bir har qanday vaziyatga tayyor edik. Tepadan va pastdan keladigan to'plarni qaytarishni mashg'ulotlarda ishlagandik, - dedi Abdullaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia