Abdujalil Manazarov - "Qo'qon-1912" futbolchisi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 11:26
"Qo'qon-1912"dan navbatdagi transfer.

Iqtidorli va mahoratli yarim himoyachi Abdujalil Manazarov ikkinchi davrada "Qo'qon-1912" jamoasi safida o'tkazadi.

24 yoshli  yarim himoyachi mavsumning ilk davrasida "Metallurg" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchini ko'pchilik 2022 yilgi mavsumda "So'gdiyona"dagi o'yinlari bilan tanishadi. O'sha yili Manazarov jizzaxliklar safida ajoyib harakat qilib, OFK kubogining yarim finaliga qadar yetib borishida yordam bergandi.

Abdujalil Manazarov 

Tug'ilgan yili: 12.10.1998

Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати