

O'tgan yili "Neftchi" jamoasi safida 25ta o'yinda ishtirok etgan futbolchi faoliyatini yana Farg'onaning "Neftchi" klubida davom ettirishini ma'lum qilamiz. "Neftchi" va "Paxtakor" jamoalari futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishgan.
Ma'lumot o'rnida, Abbos "Neftchi"dagi ilk mavsumida 25 o'yinda jamoa sharafini himoya qilib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
Biz Abbosning bu yilgi faoliyatida ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati



