A Seriya o'yinini birinchi marta ayol hakam boshqaradi

Оқил Абдубарноев
28 sen 2022, 20:46
Mariya Kaputi Italiya A seriyasining 8-turidan o'rin olgan "Sassuolo" - "Salernitana" uchrashuviga tayinlandi.

Sky Italia nashrining xabar berishicha, Kaputi Italiya oliy divizioni o'yinini boshqargan birinchi ayol hakamga aylanadi.

So'nggi yillarda Mariya Kaputi jiddiy o'sishga erishdi. O'tgan mavsumda D va C seriyadagi ajoyib boshqaruv jarayonlari unga V seriyaga ko'tarilish imkonini berdi.

Italiya chempionati doirasidagi “Sassuolo” va “Salernitana” uchrashuvi kelasi yakshanba, 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Mariya Kaputi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da o'yin boshlanganini bildiruvchi hushtagini chaladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Italia