A Seriya. "Milan" Rimda "burgutlar"ning qanotini qayirdi

Italiya chempiionati 30-tur bahslari davom etadi.

O'tgan turda autsayder SPAL bilan durang o'ynagan "rossonerilar" bu gal Rimda "Lacio"ga dars o'tishdi. Uchrashuv mehmonlarning yirik g'alabasi bilan nihoyasiga etdi (3:0). Gollarga Xoqon Chalxanoglu, Zlatan Ibragimovich va Ante Rebichlar mualliflik qilishdi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Lacio – Milan 0:3 

5 iyul, 00.45, Stadio Olimpiko

Gollar:

0:1 – 23 Chalxanoglu, 0:2 – 34, penalti Ibragimovich, 0:3 – 59 Rebich.

Lacio – Strakosha, Acherbi, Radu (Vavro, 55), Gabarron, Laccari, Korrea (Kataldi, 64), Parolo, Luis Alberto, Leyva (Adekane, 46), Xoni Rodriges (Lukaku, 55), Milinkovich-Savich (Anderson, 67).

Milan – Donnarumma, Konti (Kalabriya, 72), Romanoli, Ker, Teo, Bennaser, Salemakers, Bonaventura (Krunich, 71), Chalxanoglu (Lukas Paketa, 38), Kessie (Bigliya, 86), Ibragimovich (Rebich, 46).

Ogohlantirishlar:

Lukaku (78), Lukas Paketa (81).


Manba: championat.asia