A seriya klublari agentlarga 193,3 million evro to'lashdi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2017
Italiya futbol federatsiyasi 2016 yilda A seriya jamoalari futbol agentlariga to'lagan pullari miqdorini e'lon qildi.

1 yanvardan 31 dekabrgacha A seriyaning 20 ta jamoasi vositachilarga 193, 3 millioen evro to'lab bergan. Bu o'rtacha har bir klub agentlarga 9,6 milliondan o'tkazib bergan.

Agentlarga eng katta pulni “Yuventus” to'lagan – 51,8 million evro. Ushbu mablag'ning 25 millioninin Turin superklubi Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”ga transfer qilinishini natijasida Mino Rayolega to'lab bergan.

Agentlarga eng ko'p pul to'lagan klublar beshligini “Inter” (23,5 million), “Milan” (15,6 million), “Napoli” (12,99) va “Fiorentina” (12,91) tashkil etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calcio e Finanza