A Seriya. "Inter" "Breshiya"ni "parchalab tashladi"

2 iyul 2020, 00:37
Milanning "Inter" klubi Italiya chempionati 29-turi doirasida "Breshiya"ni qabul qildi.

Mazkur bahsda A Seriyani tark etishga asosiy davogar bo'lib turgan mehmon futbolchilar "neradzurrilar"ga hech qanday qarshilik ko'rsata bilishmadi. "Inter" vakillari raqib darvozasiga javobsiz 6 gol yo'llashdi. Gollarga Eshli Yang, Sanches, D`Ambrozio, Galyardini, Eriksen va Antonio Kandrevalar mualliflik qildi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Inter – Breshiya 6:0 

1 iyul, 22.30, Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar:

1:0 – 5 Yang, 2:0 – 20, penalti Sanches, 3:0 – 45 D`Ambrozio, 4:0 – 52 Galyardini, 5:0 – 83 Eriksen, 6:0 – 88 Kandreva.

Inter – Xandanovich, Bastoni, D`Ambrozio, de Vrey (Ranokkiya, 46), Yang, Mozes (Kandreva, 67), Barella (Agum, 59), Valero, Galyardini (Eriksen, 68), Sanches, Martines (Lukaku, 68).

Breshiya – Yoronen, Mateyu, Papetti, Sabelli (Mangraviti, 58), Semprini, Zmrgal (Shpalek, 58), Tonali, Dessena (Gecci, 82), Donnarumma (Torregrossa, 46), Aye, Skrabb (Byarnason, 46).

Ogohlantirishlar:

Mateyu (19), de Vrey (41), Semprini (62), Agum (64).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia