A Seriya grandlari Depay uchun kurashga tayyorlar

Alisher
7 yanv 2021, 16:10
Niderlandiyalik forvard Memfis Depay Italiya klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.

26 yoshli futbolchi uchun "Inter", "Milan" va "Yuventus" klublari da'vogarlik qilmoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchining "Lion" bilan tuzgan shartnomasi yozga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, o'yinchi joriy mavsumning so'nggiga qadar Fransiya klubida qolishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Memfis joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol (6tasi penalti) va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: France Football