43:0 hisobidagi o'yindan so'ng, mag'lub jamoa darvozaboni hibsga olindi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016, 14:58
Germaniyaning Epxress.de nashri juda ajoyib hikoyani e'lon qildi.

Ushbu nashr vakillari bir kun oldin 0:43 hisobida mag'lub bo'lgan "Vonderort" klubining mashg'ulotiga tashrif buyurdi. "Vonderort" asosan suriyalik, iroqlik va gvineyalik qochoqlardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi.

OAV vakillari klubga tashrif buyurishganida jamoa darvozaboni Marko Kviotek hibsga olindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mashg'ulot yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida ikki policiya mashinasi klub oldida to'xtagan va posbonni so'roqqa olib ketishgan.

Policiyachilar nashr jurnalistlarining savollariga javob berishni istashmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia