

Uchrashuv Ispaniya grandining 6:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Braziliyalik futbolchi urgan goli o'zi uchun alohida ahamiyatga ega bo'lganini aytdi. Vinisiusning aytishicha, jamoadoshlari anchadan beri undan tashabbusni o'z qo'liga olishni va hujumlarni ko'proq zarbalar bilan yakunlashni so'rab kelayotgan ekan. U jamoadagi o'zaro ishonchni muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri deb hisoblaydi.
"Biz doim bir-birimizni qo'llab-quvvatlaymiz, kiyinish xonasida haqiqiy jipslik his etiladi. Jamoa o'z imkoniyatlarining eng yuqori chegarasida harakat qilsa, yirik sovrinlar uchun kurasha oladi", – dedi Vinisius Junior.
"Monako"ga qarshi o'yinda Vinisius asosiy qahramonlardan biri bo'ldi: u 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar Ligasining umumiy bosqichidagi 7 turdan so'ng "Real" 15 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.



