RASMAN: Ruslanbek Jiyanov - "Navbahor" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Ruslanbek Jiyanov faoliyatini Namanganning "Navbahor" klubida davom ettiradigan bo'ldi.

Bu haqda Rossiyaning "Pari Nijniy Novgorod" klubi rasmiy bayonot berdi.

Xabar qilinishicha, klublar futbolchining to'laqonli transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishgan. Shartnomaning bazi qiziqarli bandlari ham ma'lum:

Kelajakdagi sotuv: "Pari NN" klubi Jiyanovning keyingi transferidan ma'lum miqdorda foiz olish huquqini saqlab qoldi.

Bonuslar: Agar "Navbahor" Jiyanov bilan birgalikda yuqori turnir natijalariga erishsa (masalan, chempionlik yoki OCHL yo'llanmasi), Rossiya klubi qo'shimcha bonuslar oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Пари НН матбуот хизмати