

Elit OCHL. 6-tur
Jidda, Saudiya Arabistoni
"Al Ittihod" – "Nasaf" 1:0
Gol: 1:0 – 57, Karim Benzema (Rojer Fernandesh)
"Al Ittihod": Predrag Raykovich, Danilu Pereyra, Hassan Kadish, Fabino (Faisal Al Gamdi, 83), Muhannad Al Shanqiti (Ahmad Al Julaydan, 83), Ngolo Kante, Hamid Al Gamdi (Mario Mitay, 46), Stiven Bergveyn (Muhammad Fallatah, 85), Mussa Diabi, Ahmed Al Gamdi (Rojer Fernandesh, 46), Karim Benzema
Zaxira: Al Absi, Sharahili, Simich, Al Shehri, Al Bishi, Abdulrahmon
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murod Rahmatov (71.Javohir Ubaydullaev, 69), 7.Adenis Shala (9.Javohir Sidiqov, 78), 8.Zafarmurod Abdurahmatov (33.Bahodir Xalilov, 69), 14.Sharof Muhiddinov (55.Diyor Abdunazarov, 56), 17.Suhrob Nurulloev (80.Davron Usmonov, 69), 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov
Zaxira: Asilbek No'monov, Alibek Davronov
MATNLI TRANSLYATSIYA
O'yin yakunlandi.
90+5. Zarba! Bahromovning kuchli va aniq zarbasini Raykovich qiyinchilik bilan qaytardi.
90+3. Abdunazarov zarba yo'llashda biroz tajribasizlikka yo'l qo'ydi.
90+1. Diabining zarbasi xavfli ko'rinish oldi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.
85. "Al Ittihod"da o'zgarish.
84. Zarba! Bahromovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
83. "Al Ittihod"da ikki o'zgarish.
81. Ubaydullaevning zarbasi noaniq.
78. "Nasaf"da o'zgarish.
77. Zarba! Shala raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Tushunish mumkin, o'yindan avval "Al Ittihod" darvozasiga gol urishing kerak deb aytilmagandir.
74. Zarba. Al Shanqiti raqib jarima maydonidan yo'llagan bunaqa zarbasi bilan Pro ligamizga bemalol moslashib keta oladi.
73. Eshmurodov mezbonlarning kombinacion hujumini bartaraf etdi.
69. "Nasaf"da uch o'zgarish.
63. Benzema o'yindan tashqari holatda.
57. GOL! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Benzema "Nasaf" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi. Yaqin vaqt ichida bir ma'lumotni unutmang, dorixonalardan receptsiz mahsulot sotib ololmaysiz.
56. "Nasaf"da o'zgarish.
55. Bahramovning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
51. Diabi ofsaydda qolib ketdi.
48. Bozorovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" futbolchilari yana bir bo'lim Karim Benzemadan ehtiyot bo'lishi kerak. Uning O'zbekiston klublariga qarshi o'yinlarda qanchalik xavfli ekanligiga guvoh bo'lganmiz. Jumladan, "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda golga o'ta chanqoqligi tufayli o'z darvozasiga ham to'p kiritgan.
Birinchi bo'limni ikki jamoaga golsiz, men uchun esa uch finjon qahva bilan yakunlandi. Futbolchilarni bilmadim-u, men tezda tanaffusga chiqmasam bo'lmaydi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
41. Xavfli vaziyat! Benzemaning zarbasi xavfli ko'rinish oldi va ustundan qaytdi.
40. Kante tepgan to'pni Ne'matov egalladi.
37. Bozorovning zarbasi kuchli chiqmagani bois Raykovichga qiyinchilik tug'dirmadi.
35. Zarba! Dastlab Shalaning zarbasiga Fabino to'g'anoq bo'ldi, so'ngra Bahromov tepgan to'p manzilga bormadi.
32. Burchak uzatmasidan so'ng Fabinto havodagi kurashda ustun kelib, bosh bilan zarba yo'lladi, ammo unga aniqlik yetishmadi.
31. Benzemaning jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Eshmurodov qaytardi.
29. Mezbonlar chap qanotdan hujum tashkil edi. Bergveynning jarima maydoniga uzatmasini G'aybullaev bartaraf etdi.
26. 26-daqiqa ortda qoldi. Qahva yaxshi ekan.
19. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Bergveyn bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
15. Ne'matov to'pni tepib yuborishda Benzemaning ukol oladigan qismini mo'ljalga oldi.
13. "Al Ittihod" besh daqiqadan beri burchak zarbalari bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda.
8. Zarba! Gamdining xavfli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
6. Nurulloev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, Raykovich to'pni qaytardi. So'zim boshida hayratlanarli qisqartma yozmasligimgi vaziyatning ofsayd deb topilgani sabab bo'ldi.
3. Ilk zarba Nasrullaev tomonidan yo'llandi. Raqib darvozasi tomon tepdi.
1. Uchrashuv boshlandi. Barchaga o'yinni oxirigacha tomosha qilish nasib etsin.



