Manba: CAFA turnirida qatnashgan futbolchi "Neftchi"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod himoyachi Dilshod Komilov faoliyatini chempion tarkibida davom ettiradi.

"Qizilqum" himoyachisi Dilshod Komilov "Neftchi" bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

Ma'lumot o'rnida, 26 yoshli futbolchisi yaqinda CAFA Nations Cup turnirida Turkmaniston va Eron bilan o'yinlarda qatnashgandi. U yakunlangan mavsum navoiyliklar tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. 

Avvalroq Islom Ismoilov rasman "Neftchi" bosh murabbiyi deya e'lon qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia